Toshkentdagi Sergeli tumani yo‘nalishida yangi metro stansiyasi qurilmoqda, unga "Tojikiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan yuksak ehtirom namoyishi sifatida sevimli tojik shoiri va Tojikiston qahramoni Mirzo Tursunzoda nomi berildi", deb yoziladi "Xovar" nashrida.
Bundan tashqari, Kun.uz manbasi qator yangi metro stansiyalarining ishchi nomlari haqida ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, Yunusobod liniyasidagi yangi stansiyalar Fayzulla Xo‘jayev, Yunusobod, Turkiston deya nomlanadi. Sergeli liniyasidagi yangi stansiyalarning ishchi nomlari esa - Ippodrom, Olmazor, Choshtepa, Tursunzoda, Sergeli, Ehtirom.