15:00 / 04.01.2018
23606

DTMda qo‘shimcha repetitsion test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: KUN.UZ

Davlat test markazidan ma'lum qilishlaricha, ayni kunlarda oliy ta'lim muassasalariga kirish istagida bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarning qishki ta'tilga chiqqanidan foydalanib, qo‘shimcha repetitsion test sinovlari tashkil etilgan, deb yozmoqda O‘zA.

Ishtirokchilar 1 avgustdagi tartibda uchta fandan tayyorlangan test savollariga belgilangan muddat davomida javob topishadi. Natijalar yarim soatda tekshirilib, ishtirokchilar yiqqan ball e'lon qilinadi. Ular yo‘l qo‘ygan xatolar ham ko‘rsatib o‘tiladi. 
Bundan ko‘zlangan maqsad abituriyentlarni test materiallari - savollar kitobi, javoblar varaqasi bilan ishlash ko‘nikmasini mustahkamlash, test sinovlari o‘tkazish tartibi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. 

Top