09:40 / 04.01.2018
19565

OAV: Trampning sobiq maslahatchisi Ivankani «befahm g‘isht» deb atagan

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi mamlakat yetakchisining qizi Ivanka haqida salbiy fikrda bo‘lgan, deb yozmoqda WSJ Oq uydagi nizolarga bag‘ishlangan yangi kitobga tayangan holda.

Kitobda iddao etilishicha, Bennon Ivanka Trampni «befahm g‘isht» deb atagan.

Ivanka Trampning vakili bu borada izoh berishdan bosh tortdi. Bennonning o‘zi ham izoh bermadi. Biroq unga yaqin bo‘lgan manbaning ma'lum qilishicha, Bennon kitobda keltirilgan o‘z iqtiboslarini rad etmaydi.

Eslatib o‘tamiz, koncervator va «Oq uyning milliy ideologi» bo‘lgan Stiv Bennon o‘tgan yilning avgust oyida ultra o‘nglar norozilik namoyishlari fonida ishdan bo‘shatilgandi.

Mavzuga oid
Top