14:40 / 15.01.2018
39900

179 ming dollarlik tort: Kuyov – chimkentlik oligarxning nabirasi, kelin – Nazarboyevning qarindoshi

Foto: Instagram/Renat_Agzamov

Qozog‘istonning Chimkent shahridagi Rixos mehmonxonasida 14 yanvar kuni juda hashamatli to‘y bo‘lib o‘tgani, unga narxi 179 ming dollarlik tort tayyorlangani haqida xabar berilgandi.

Ma'lum bo‘lishicha, Chimkentda mahalliy oligarx Serikjan Seytjanovning nabirasi – Amirjon hamda qozog‘istonlik tadbirkor, Qozog‘iston prezidentining qarindoshi Qayrat Sotiboldining qizi – Arujanning to‘yi bo‘lib o‘tgan.

Kuyovning bobosi Serikjan Seytjanov, qozog‘istonlik oligarx, Forbes Qozog‘iston ro‘yxatida 18-o‘rinni egallaydi. Uning boyligi 296 mln dollarga baholanadi.

Kelinning otasi Qayrat Sotiboldi esa 1970 yilda Olmaotada tug‘ilgan. U Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning o‘rtancha akasining o‘g‘lidir. Sotiboldi Abishevich Nazarboyev 1981 yilda avtohalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan.

Avvalroq, Chimkentdagi to‘y uchun rossiyalik qandolatchi Renat Agzamov tomonidan narxi 179 ming dollar bo‘lgan, balandligi 4,2 metr keluvchi tort tayyorlangani xabar qilingandi. 

Top