16:06 / 15.01.2018
24516

Turkiya: «AQSh terrorchilar armiyasini tuzib, olov bilan o‘ynashmoqda»

Foto: Anadolu

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ AQShning Suriyadagi siyosatini tanqid qildi.

«AQSh PYD/YPG terrorchilarini (Kurdiston ishchilar partiyasining Suriyadagi qanoti) IShIDga qarshi kurash bahonasida qurollantirdi. Vashingtonning Suriyadagi yangi qadamlari strategik hamkori va ittifoqchisi hisoblanadigan Turkiya bilan do‘stonalikni ifodalamaydi», - degan vazir o‘rinbosari.

«AQSh IShIDga qarshi kurashda Turkiya bilan emas, PYD/YPG terrorchilari bilan hamkorlik qilib, olov bilan o‘ynashmoqda. Ular terrorchilarga minglab yuk mashinalarida qurol-yarog‘ yetkazib berishdi. AQSh Suriya chegarasida xavfsizlikni ta'minlash niqobi ostida terrorchilar armiyasini tuzdi», - deya davom etgan u.

Bundan avvalroq AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakiliga asoslangan holda OAV Vashington Suriya chegaralarida 30 ming kishilik harbiy kontingent tashkil etayotgani haqida xabar tarqatgandi.

AQSh rejasiga ko‘ra, «chegara kuchlari»ning katta qismi YPG jangchilaridan tuziladi va Turkiya hamda Iroq bilan chegaralarni nazorat qiladi.

Top