18:10 / 19.01.2018
14770

Futbol qiroli Pele shifoxonaga yotqizildi

Foto: EPA

Uch karra jahon chempioni Pele shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda The Mirror nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 77 yoshli afsonaviy braziliyalik futbolchi hushidan ketgan va holsiz holatda shifoxonaga yotqizilgan.

Ertalab tongda Pele braziliyadagi kasalxonalardan biriga olib borilgan va bir necha tibbiy ko‘riklardan o‘tgan. Hozirgi vaqtda shifokorlar uning holatini doimiy nazoratda ushlab turishibdi.

Pele 1958, 1962 va 1970 yillarda Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Futbol qiroli nomini olgan Pele XOQ va FIFA tomonidan o‘tgan 100 yillikning eng yaxshi futbolchisi va sportchisi deya tan olingan. Pele terma jamoa safida 93 uchrashuvda 77 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top