22:28 / 20.02.2018
74064

Aydarbek Tulepov lavozimidan ozod etildi

Foto: markazda Aydarbek Tulepov

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepov lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 2006 yildan buyon xalq tilida «​diniy idora»​ sifatida yuritilgan - O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepov joriy yilning 17 fevral kuni egallab turgan vazifasidan ozod etilgan. Ayni paytda rais (muftiy) Usmonxon Alimov, uning o‘rinbosari Azizjon Mansurov (Abdulaziz Mansur) o‘z vazifasida qolgani aytilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida, Tulepov muallifligida «Internetdagi tahdidlardan himoya», «IShID fitnasi» kabi kitoblar chop etilgan bo‘lib, muhokama uchun keng jamoatchilikka taqdim etilgandi. U islom dini tarixida ilk paydo bo‘lgan diniy-siyosiy firqalar to‘g‘risida ko‘plab risolalar chop ettirgan.

Hozircha idora saytida rahbariyat tarkibidagi o‘zgarish haqida rasmiy xabar berilmagan.

Top