10:39 / 20.02.2018
82326

Axborot texnologiyalari vazirligiga rahbar tayinlandi, Shermatov boshqa ishga o‘tkazildi

O‘zbekiston hukumatining axborot texnologiyalari va innovatsiya sohasiga oid o‘zgarishlar ro‘y berdi. KUN.UZ manbasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Azim Isroilovich Ahmedxo‘jayev tayinlandi.

Azim Isroilovich Ahmedxo‘jayev
Foto: Xalqaro press klub

Bir yildan buyon ushbu vazirlik rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan Sherzod Hotamovich Shermatov endi Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi.

Sherzod Hotamovich Shermatov
Foto: Xalqaro press klub

Azim Ahmedxo‘jayev shu kungacha O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi edi. Endi uning o‘rnini bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari Suxrob Xolmurodov egalladi. U bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qolgan.

Suxrob Xolmurodov
Foto: Xalqaro press klub

Bundan avvalroq Azim Ahmedxo‘jayev ATKR vazirligiga rahbar bo‘lishi kutilayotgani, Sherzod Shermatov esa O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri vazifasiga tayinlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Top