21:20 / 27.02.2018
44354

Erdo‘g‘an harbiy kiyimdagi qizchaga uni izzat-ikrom bilan dafn qilishlarini aytdi (video)

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 25 fevralda partiya anjumanidagi chiqishi vaqtida harbiy kiyimda bo‘lgan kichik qizchaga agar u halok bo‘lsa uni izzat-ikrom bilan dafn qilishlarini aytdi. Ushbu holat videosi Meduza tomondan namoyish qilindi.

Ta'kidlanishicha, qizcha Erdo‘g‘an e'tiborini tortgan va u qizchani sahnaga taklif qilgan. 

“Uning cho‘ntagida Turkiya bayrog‘i ham bor... Agar u halok bo‘lsa, uning jasadi ustidan bayroq yopishadi, inshaalloh”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Videoda qizchaning ko‘zlari yoshlanib turganini ko‘rish mumkin.

Erdo‘g‘an buni ko‘rib, Turkiyaning maxsus operatsiyalarni bajaruvchi kuchlari nomini nazarda tutib, “qizil beretlar hech qachon yig‘lamaydilar” deb qizchani yupatgan.

“U barchasiga tayyor, shunday emasmi?”, deb qizchadan so‘ragan Erdo‘g‘an. Qizcha bunga javoban “Ha” deb javob bergan. Erdo‘g‘an shundan keyin engashib, qizchani o‘pib qo‘ygan.

Biroq Twitter foydalanuvchilari Erdo‘g‘anning bu xatti-harakatini qoralashgan.  

Top