17:40 / 27.02.2018
14894

Neymarning jarohati jiddiy. U 2 oy futbol o‘ynay olmaydi

«PSJ» hujumchisi Neymar to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli jarrohlik stoliga yotadi.

As nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi taxminan 2 oyni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Avvalroq, shifokorlar futbolchining o‘ng tovoni paylari cho‘zilgani va oyoq kafti suyagini sindirib olganini aniqlashgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Neymar Fransiya chempionatidan o‘rin olgan «Marsel»ga (3:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

Top