14:00 / 08.03.2018
16980

O‘zbekistonda Hyundai avtomobillari uchun ehtiyot qismlari yig‘ilishi mumkin

Foto: AP

O‘zbekistonda Hyundai avtomobillari uchun ehtiyot qismlar yig‘ilishi mumkin. Bu haqda 7 mart kuni Toshkentda O‘zbekiston-Koreya forumi doirasida Evergreen Motor Group kompaniyasi raisi Kim Chang Kyong ma'lum qildi.

«O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyodagi muhim savdo sherigidir. Forum doirasida Hyundai kompaniyasi yengil avtomobillari uchun ehtiyot qismlarni yig‘ish va tabiiy resurslarni qayta ishlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi», dedi Kim Chang Kyong. 

Shuningdek ma'lum bo‘lishicha, Evergreen Motors kompaniyasi O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini 200 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobidan seriyali ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Evergreen Motors – KIA va Hyundai’ning MDHdagi rasmiy distribyutori, deb yozmoqda Spot.

Top