14:49 / 14.03.2018
7067

Merkel to‘rtinchi marta kanslerga aylandi

Foto: DPA

Germaniyada Angela Merkel to‘rtinchi marta kansler etib saylandi. Bu haqda Zeit Online xabar bermoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, bundestag deputatlaridan 364 nafari uning nomzodini qo‘llab-quvvatlab ovoz bergan. Bu avvalgi saylovlardan 35 ovozga kamroq ekani ta'kidlanyapti. Shu bilan birga, 315 kishi qarshi ovoz berdi, o‘n deputat betaraf qoldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer 14 mart kuni Germaniyaning yangi kansleri va u bildirgan vazirlarni lavozimlarida tasdiqlashi xabar qilingandi. 

Mavzuga oid
Top