09:22 / 14.03.2018
26253

Stiven Hoking vafot etdi

Foto: Reuters

Britaniyalik mashhur fizik Stiven Hoking 76 yoshida vafot etdi. 1963 yilda 21 yoshli Hokingda yon tomon amiotrofik sklerozi – markaziy asab tizimining surunkali kasalligi aniqlandi, keyinchalik u butunlay falaj bo‘lib qolgan. 

Bu haqda BBC fizikning oila a'zolariga tayangan holda xabar bermoqda.

Hoking ilmiy faoliyatining asosiy sohasi kosmologiya va kvant gravitatsiyasi bo‘lgan, u qora tuynuklarni o‘rganishga ko‘p vaqtni sarflagan.

U o‘z hayoti davomida qator ilmiy-ommabop kitoblarga mualliflik qildi, xususan, «Vaqtning qisqacha tarixi», «Koinotdagi qora tuynuklar» va «Yong‘oq po‘chog‘idagi dunyo» shular jumlasidan.

Top