10:40 / 14.03.2018
6849

Tramp yana bir qator yuqori mansabli amaldorlarni ishdan haydamoqchi

Foto: Carolyn Kaster/AP

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt ichida prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster hamda Oq uy apparatining boshlig‘i Jon Kellini ishdan bo‘shatmoqchi. Bu haqda CNN telekanali nomi oshkor etilmagan manbaga asosan xabar bermoqda.

CNN manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, Makmaster prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan «yaqin vaqt ichida ketishi» kerak. Uning lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida Ford konserni vitse-prezidenti Stiven Bigun, Oracle korporatsiyasi rahbari Safra Kats, AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Jon Bolton va milliy xavfsizlik agentligi direktori Mayk Rojyers bor.

Shuningdek xabar berilishicha, Oq uy apparati boshlig‘i Jon Kelli ham yaqin orada iste'foga chiqarilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top