14:33 / 16.03.2018
18879

Kichik Donald Tramp ajrashmoqda

Foto: Getty Images

AQSh prezidentining katta o‘g‘li va uning rafiqasi Vanessa 12 yillik birgalikdagi hayotdan so‘ng ajrashish haqida e'lon qilishdi. Ularning eslatishicha, «besh nafar ajoyib farzandga egalar», ular haqida qayg‘urish «asosiy ustuvor vazifa» bo‘lib qoladi.

New York Post’ning kichik Tramp oilasiga yaqin manbalarga asosan yozishicha, Vanessa Tramp ajrashish uchun hujjatlarni topshirgan. Nashr suhbatdoshlarining aniqlik kiritishicha, 40 yoshli Vanessa bu hujjatlarni Nyu-Yorkning Manhetten tumanidagi sudga yuborgan.

Hujjatlarga ko‘ra, Vanessa tezroq ajrashish niyatida. Shu bilan birga, u bolalar ustidan vasiylik qilish huquqi va mulkni bo‘lib olish bo‘yicha sudlashish niyatida emas.

Manbalar so‘ziga ko‘ra, juftlik so‘nggi paytlarda qator qiyinchiliklarga duch kelgan. Kichik Trampning rafiqasi u safarlarda ko‘p bo‘lishidan norozi bo‘lgan. 

Top