23:20 / 23.03.2018
4438

«VKontakte» kiyim va suvenirlar do‘koni faoliyatiga start berdi

Foto: AP Photo

Rossiyaning asosiy ijtimoiy tarmog‘i hisoblangan "VKontakte" VK Shop onlayn suvenirlar do‘konini ishga tushirdi. Ijtimoiy tarmoqning istagan foydalanuvchisi "VKontakte" logosi tushirilgan maykalar, koftalar va o‘yinchoqlarga buyurtma berishi mumkin.

Do‘konda ijtimoiy tarmoq logosi yoki uning ramzlaridan biri — "Spotti" iti va "Persik" mushugi surati tushirilgan kiyim va o‘yinchoqlar namoyish qilingan. "VKontakte" VK Shop assortimentini yangilash va uni yangi modeldagi futbolkalar va svitshotlar, stikerlar, ko‘krak nishonlari va boshqa suvenirlar bilan to‘ldirishga va'da berdi. Do‘kon butun Rossiya bo‘ylab faoliyat yuritmoqda, to‘lovni ham karta orqali, ham yetkazib berilganda naqd shaklda amalga oshirish mumkin. 

"VKontakte"ning marketing bo‘yicha direktori Aleksandr Kruglovning so‘zlariga ko‘ra, barcha buyumlar did va detallarga mehr bilan ishlangan, har bir predmetda VK logosi aks etgan. Kruglovning aytishicha, avval ijtimoiy tarmoq ramzi tushirilgan narsalarni sovg‘a tariqasida olish imkoni mavjud edi, endi esa istagan odam o‘z kolleksiyasini "VKontakte" buyumlari bilan to‘ldirishi mumkin.

Top