12:31 / 12.04.2018
6235

Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 7,9 mlrd dollarni tashkil qildi

Respublikada tashqi savdo aylanmasi 2018 yil yanvar-mart oylarida 7,9 mlrd. AQSh dollarini, shu jumladan eksport 4,1 mlrd. AQSh dollarini va import 3,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi 249,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Eksport tarkibida energiya manbalari va neft mahsulotlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 91,4%ga o‘shishi tabiiy gazning 2,3 martaga oshgani hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Mashina va asbob-uskunalar esa 35,4%ga o‘sdi, shundan qozonlar, uskunalar va mexanik asboblar va ularning qismlarining 24,6%ga, transformator va akkumulyatorlar 68,6%ga, monitor va proyektorlar 3,3 martaga oshdi.

Bug‘doy eksportining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,6%ga va meva-sabzavot mahsulotlarining 51,7%ga o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmining 49,9%ga o‘sishiga olib keldi.

Import tarkibida asosiy ulush mashina va asbob-uskunalar (umumiy import hajmida 37,5%) va kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (14,4%) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

2018 yil yanvar-mart oylarida tashqi savdo aylanmasi saldosi 249,4 mln. AQSh dollarni tashkil qildi, shundan MDH davlatlari bilan minus 231,3 mln. AQSh dollarni va boshqa davlatlar bilan 480,7 mln. AQSh dollarni tashkil etdi.

MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 30,3%ni tashkil qildi, boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afg‘oniston, Germaniya, Latviya, Eron, Fransiya davlatlari hisoblanib, ularning ulushi 33,4%ni tashkil qilmoqda.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmi 110,8 mln. AQSh dollarini tashkil qildi, yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51,7%ga oshdi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmida 22,4%ni meva va rezavorlar (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,1%ga o‘sdi), 57,2%ni sabzavotlar (69,8%ga), 15,7%ni uzum (16,3%ga) tashkil qiladi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston (umumiy hajmdan 37,4% ), Afg‘oniston (13,1%), Rossiya (11,8%), Turkiya (5,9%), Vetnam (4,9%), Xitoy (3,8%), Qirg‘iziston (2,6%), Eron (2,4%) va Hindiston (2,2%) hisoblanadi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportining fizik hajmi 182,8 ming tonnani tashkil qildi, yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 84,9%ga oshdi. Jami meva-sabzavot mahsulotlari eksportining fizik hajmida 23,1 ming tonnani meva va rezavorlar (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,8%ga o‘sdi), 133,9 ming tonnani sabzavotlar (2,3 martaga), 19,5 ming tonnani uzum (2,7%ga kamaydi), 6,2 ming tonnani yer yong‘oq (4,8 martaga), 10,9 tonnani yangi uzilgan qovun va tarvuz (6,4 martaga) tashkil qildi.

2018 yil yanvar-mart oylari yakuni bo‘yicha to‘qimachilik mahsulotlari eksporti umumiy eksport hajmida 7,8%ni tashkil qildi. To‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmi 316.9 mln AQSh dollarini tashkil qildi yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,7 foizga oshdi.

Mavzuga oid
Top