12:11 / 12.04.2018
45649

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Sherzod Kudbiyev Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining yangi vaziri etib tayinlandi. Bu ma'lumot «Kun.uz» manbasi tomonidan tasdiqlangan.

Kudbiyev biroz avvalroq Fermer xo‘jaliklari kengashi raisi lavozimiga o‘tkazilgan Aktam Hayitovning o‘rnini egalladi.

Kudbiyev o‘z vaqtida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida ishlagandi.

Sherzod Kudbiyev 1981 yil 12 aprelda Farg‘onada tavallud topgan, — Farg‘ona politexnika instituti bitiruvchisi (mutaxassisligi: moliya va kredit) hisoblanadi.

U 2007−2010 yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan, 2010−2012 yillarda Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko‘rsatilgan departamenti yetakchi mutaxassisi, 2012−2015 yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi direktori bo‘lgan.

2015 yildan 2016 yil sentabriga qadar, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi bo‘lishidan oldin — Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Top