21:34 / 22.04.2018
10326

«Chelsi» finalga chiqdi

Foto: Premer liga

Angliya Kubogining yarim finalida «Chelsi» «Sauthempton»ni mag‘lub etdi. Londondagi «Uembli» stadionida kechgan uchrashuv londonliklar jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi - 2:0.

G‘oliblar safida gollarga Olive Jiru va Alvaro Morata mualliflik qilishdi. Shu tariqa, «Chelsi» Angliya Kubogi finaliga chiqdi va «Manchester Yunayted»ga raqiblik qiladigan bo‘ldi.

Yarim finalning birinchi uchrashuvida «Manchester Yunayted» «Tottenhem Hotspur»ni mag‘lub etgandi (2:1). Final uchrashuvi 19 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Angliya Kubogi
Yarim final
Chelsi – Sauthempton 2:0
(0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 46 Jiru, 2:0 – 82 Morata.
Chelsi – Kabalero, Aspilikueta, Keyxill, Ryudiger, Mozes, Villian (Bakayoko, 64), Fabregas (Pedro, 76), Azar, Kante, Emerson, Jiru (Morata, 80).
Sauthempton –    Makkarti, Yosida, Bednarek (Gabbyadini, 78), Bertran, Xudt, Romeu, Lemina, Xeyberg (Tadich, 63), Soaresh, Ostin, Long (Redmond, 63).
Ogohlantirishlar: Yosida (40), Romeu (50), Lemina (55), Xudt (65).

Top