16:52 / 23.04.2018
36104
Reklama

Payme "Xalqaro pul o‘tkazmalari" xizmatini ishga tushirdi

Foto: payme.uz

19 aprel kuni Payme kompaniyasi har yili o‘tkazib kelinayotgan Bank Expo ko‘rgazmasida ishtirok etib, "Onlayn qarz" hamda “Visa, Master Sard va Mir kartalarini qabul qiluvchi yangi xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlarini taqdim etdi.

Yangi xizmatlar taqdimot marosimida Payme asoschilari Sarvar Ro‘zmatov va Oleg Gevergeslar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi imkoniyatlar haqida so‘zlashdi hamda ushbu xizmatlarni amalda yoqib berishdi.

Foto: payme.uz

"Biz bugungi kunga uzoq tayyorgarlik ko‘rdik va nihoyat ushbu kunga ham yetib keldik. Avvalambor "Xalqaro pul o‘tkazmalari" xizmati haqida ikki og‘iz. Ortga nazar solsak, biz ikki yil oldin Uzcard foydalanuvchilari uchun "Kartadan kartaga pul o‘tkazish" xizmatini birinchilardan bo‘lib yo‘lga qo‘ygandik. O‘shanda ushbu xizmatimiz orqali ko‘pchilikning e'tiboriga tushgandik. Shundan beri yuz minglab Payme foydalanuvchilari kartadan kartaga pul o‘tkazmalari xizmatidan foydalanib, uning qulayligiga baho berib kelmoqdalar. Bu ko‘pchilik uchun odatiy amallardan biriga aylanib ulgurdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mana bugun, ikki yil o‘tib, biz ushbu xizmat imkoniyatlarini kengaytirmoqdamiz. Payme xalqaro pul o‘tkazmalarida Visa, Mastercard va Mir kartalari qabul qilinadi. Endi yaqinlarga chet eldan pul yuborish yana ham osonlashdi. Qabul qiluvchi tomon Payme ilovasidagi "Pul so‘rash" menyusidan tanish va yaqinlariga taniqli messenjerlar yordamida so‘rov yuboradi. So‘rovni qabul qilgan yuboruvchi tomon, ilova orqali o‘tib, pul o‘tkazmasini amalga oshirishi mumkin. Yuborilgan pullar qabul qiluvchining bank plastik kartasiga tushadi. Shuningdek yuboruvchining o‘zi ham, payme.uz sayti yoki mobil ilovamiz orqali xalqaro pul o‘tkazmasini amalga oshirishi mumkin. Ushbu xizmatning foydalanuvchilar uchun ahamiyatli tomoni, albatta uning tezligi hamda vaqtni tejashi bilan bog‘liq." - dedi Sarvar Ro‘zmatov.

"Loyiha Aloqabank hamda Beeline bilan birgalikda boshlangan. Biz ro‘yxatda mavjud banklar hamda mobil aloqa operatorlari sonini oshirish ustida ishlayapmiz" - deb ta'kidladi kompaniya vakillari.

Payme ilovasini bu yerdan yuklab olish mumkin: https://payme.uz/getapp

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon: +998 71 150-22-45

Reklama huquqi asosida

Top