08:37 / 27.04.2018
8831

Hyundai kompaniyasiga ishga joylashtirmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi – IIV

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 25 aprel kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 19 yanvar soat 11.00larda, Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi A.X. “Toshkent” savdo majmuasi oldida Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi, Sh.J.ga Janubiy Koreya davlatida joylashgan Hyundai kompaniyasiga ishga olib kirib qo‘yishini va'da qilib, undan 5 000 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan. 

A.X. ushlangan.

 

Mavzuga oid
Top