09:20 / 27.04.2018
26737

Tramp AQShning JCh-2026 bo‘yicha arizasini qo‘llab-quvvatlamaydigan davlatlarni ogohlantirdi

Foto: AFP / Mandel Ngan

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish arizasi qo‘llab-quvvatlanishini BMT davlatlariga yordam berish bilan bog‘ladi. 

“AQSh Kanada va Meksika bilan JCh-2026 yilni o‘tkazishga kuchli ariza topshirdi. Agar biz doimo qo‘llab-quvvatlaydigan davlatlar AQShning arizasiga qarshi chiqsalar, bu achinarli bo‘lardi. Unda biz nima uchun bu davlatlarni (jumladan BMTda) qo‘llab-quvvatlashimiz kerak?”, deb yozgan Tramp tvitterda. 

AQSh, Kanada va Meksika JCh-2026 o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirishgan, ularning hozircha yagona raqibi Marokash bo‘lib turibdi.

Tramp avval ham bunday taktikani boshqa masalalar bo‘yicha ham qo‘llagan. Jumladan, u AQShning Isroildagi elchixonasining Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirilishini ma'qullamaydigan davlatlarni qo‘llab-quvvatlamay qo‘yish bilan tahdid qilgan.  

 

Top