19:29 / 01.05.2018
12450

O‘zbekiston oltin konlarining geologik qidiruv ishlari uchun turk investitsiyalarini jalb qildi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda Turkiya Energiya va tabiiy resurslar vazirligi istiqbolli oltin konlarini o‘rganish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda Davlat geologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar bergan.

Umumiy qiymati 5 mln dollar bo‘lgan loyiha 3 yilga mo‘ljallangan. Birgalikda geologik tadqiqotlar Xurob, Aydim-Jyettimtau va Saritau konlarida o‘tkaziladi.

Barcha uchta istiqbolli kon geologik o‘rganish ishlari uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilayotgan foydali qazilmalarning strategik muhim turlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Birinchi ikkita oltin koni Jizzax va Navoiy viloyatlarida joylashgan. Ularning zahiralari hisoblab chiqilmagan. Saritau konida volfram prognoz ko‘rsatkichlari 740 ming tonnaga, molibden – 24 ming tonna, oltin – 75,2 tonnaga baholanmoqda.

Top