15:15 / 05.05.2018
45513

MMA jangchisi qo‘lidan dahshatli jarohat oldi va raqibidan qochishga urindi (video)

Aralash usul (MMA) bo‘yicha amerikalik jangchi Jyerom Rivera Legacy Fighting Alliance 39 musobaqasi vaqtida hamyurti Brendan Royvalga qarshi jang vaqtida qo‘lidan dahshatli jarohat oldi. Video Twitter’dagi AXS TV sahifasida e'lon qilingan.

Riveraning o‘ng tirsagi Royval uni qafasga siqib qo‘ygach chiqib ketgan. Jarohatni aniqlab – qo‘l bu paytda noodatiy holatda bo‘lgan, - Rivera raqibining zarbalaridan qochishga harakat qildi. Amerikalik yana bir necha marotaba zarba qabul qilib oldi, hamda hakam bahsni to‘xtatdi. Royvalga birinchi raundning 40-soniyasida texnik nokaut bilan g‘alaba berildi.

Jurnalist Aleksandr Li Twitter’dagi sahifasida Riveraning jarohatini o‘zi MMA’da guvoh bo‘lgan eng dahshatli holat deb atadi. Boshqa bir muallif Metyu Perlman Twitter-akkauntida Riveraning jarohati – so‘nggi vaqtlarda ko‘rgan eng «yoqimsiz» narsa ekanini bildirdi.

Mavzuga oid
Top