11:29 / 07.05.2018
34018

Yangi tartibdagi test sinovlari bo‘yicha videorolik taqdim etildi

Joriy yilning aprel oyi boshlarida «Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilingandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Mazkur nizomga asosan, o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar har yili 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Endilikda test sinovlari har yili 1 avgustdan 15 avgustga qadar, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Bunda birinchi smena soat 8:00da, ikkinchi smena 15:00da boshlanadi.

Test sinovlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida va uning hududida o‘rnatiladigan qo‘shimcha yig‘ma pavilonlarda, shuningdek, katta sig‘imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa — olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkaziladi. Binoda test sinovlari jarayonini to‘liq nazorat qilish maqsadida qoida tariqasida, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi o‘rnatilishi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart. 

DTM (Davlat test markazi) yangi tartibda o‘tkaziladigan test sinovlariga bag‘ishlangan videorolik taqdim etdi. Undan ko‘rish mumkinki, test sinovlari mutlaqo yangicha tizimda – shaffof va ochiq tarzda bo‘lib o‘tadi.

Top