22:00 / 16.05.2018
72336

Video: Oval kabinetda xushchaqchaq uchrashuv – Tramp Mirziyoyevga hazil qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. 

Oval kabinetda davlat rahbarlarining muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Donald Tramp Prezidentimizni rasmiy tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston AQSh uchun muhim davlat, strategik sherik ekanini qayd etdi.

«Biz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqdamiz, xususan savdo va investitsiyalar munosabatlari, harbiy qurol-yarog‘ va xavfsizlik masalalari shular jumlasidandir. Janob Prezident, siz bilan uchrashganimdan mamnunman», deya so‘z boshladi Donald Tramp.  

«Janob Prezident, aslida bu tarixiy uchrashuv. AQSh mamlakatimizning ilk mustaqillik kunlaridan e'tiboran suverenitetimizni, hududiy mustaqilligimizni qo‘llab-quvvatlab kelgan. Biz bunday munosabat uchun minnatdormiz», deb ta'kidladi Shavkat Mirziyov. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar har ikkala davlatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarilganini aytib o‘tdi. 

«AQShda o‘tkazilgan prezidentlik saylovidan so‘ng, mamlakatda muvaffaqiyatli boshlangan islohotlar bilan sizni tabriklayman. Soliq islohotlari, yangi ishchi o‘rinlarni yaratish - bu sizning Amerika xalqi uchun qilgan xizmatlaringiz natijasi, deb bilaman», deb ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.

«Men 100 foiz qo‘shilaman», deb hazil qildi Donald Tramp bu e'tirofga javoban.

Top