08:25 / 01.06.2018
16571

Tojikistonlik pensioner maktabni ta'mirdan chiqarish uchun bor-yo‘g‘ini berdi

Foto: news.tj

Tursunzodalik 80 yoshli Hojidodarbek Halilov mahalliy bolalar yil bo‘yi noqulay sharoitlarda ta'lim oladigan, deraza va eshiklari yo‘q xaroba maktab oldidan befarq o‘tib keta olmadi. Shunda qariya maktabni ta'mirdan chiqarishga o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘ladi. 

Pensionerning aytishicha, bu maktabdagi ta'mirlash ishlari 2 yildan beri yakun topmay kelgan. U ko‘p o‘ylab o‘tirmay, ho‘kizi, sigirini sotib, maktab uchun deraza va eshiklar sotib olish uchun yetarli mablag‘ni to‘pladi.

Mavzuga oid
Top