13:02 / 08.06.2018
53395

Anvar qori Tursunov vafoti haqidagi xabarlar yolg‘on

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Bugun, 8 iyun kuni saharda Toshkent shahri bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov vafot etgani haqida yana ijtimoiy tarmoqlarda asossiz ma'lumotlar tarqaldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligining ma'lum qilishicha, Anvar qori Tursunovning vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on, lekin uning ahvoli ayni paytda og‘ir, muolajalar davom etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaning Kun.uz’ga bergan ma'lumotiga ko‘ra, Anvar qori Tursunov hayot, biroq uning ahvoli ayni paytda og‘ir holatdadir.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ham ijtimoiy tarmoqlarda, norasmiy axborot sahifalarida Anvar qori Tursunovning vafot etganligi haqida yolg‘on xabar tarqatilgandi.
 
Anvar qori Tursunovga bu muborak kunlarda Alloh taolodan shifo so‘rab qolamiz. Tahririyat Anvar qori Tursunovning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi.

Mavzuga oid
Top