23:36 / 10.06.2018
20441

O‘zbekistonlik bokschilar «Prezidenti kubogi» xalqaro turnirida ishtirok etishdi

Foto: Qozog‘iston boks federatsiyasi

Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha «Prezidenti kubogi» xalqaro turniri nihoyasiga yetdi.

Unda 15 ta davlat - Belarus, Hindiston, Yaponiya, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Xitoy, Filippin, Rossiya, Shvetsiya, Tojikiston, Tailand, Turkiya, AQSh, O‘zbekiston va Qozog‘istondan jami 162 nafar bokschi ishtirok etdi. 

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari 1ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. 

-81 kg vazn toifasi finalida Bektemir Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik bokschi Bek Nurmagambetovga qarshi ringga chiqib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-60 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov finalda rossiyalik Gabil Mamedovga yutqazdi. -64 kg vazn toifasida ringga chiqqan Iqboljon Xoldorov esa mezbonlar vakili Bekdaulet Ibragimovga imkoniyatni boy berdi. Har ikkala bokschimiz kumush medallariga ega bo‘lishdi.

Yarimfinalda mag‘lub bo‘lgan bokschilarimiz Shahobiddin Zoirov (56 kg), Mahmud Gaipov (69 kg) va Isroil Madrimov (75 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Musobaqada Qozog‘iston terma jamoasi bokschilari yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonishdi. Ularning hisobida 8ta oltin, 4ta kumush va 7ta bronza medali bor.

Mavzuga oid
Top