20:30 / 12.06.2018
71300

«Real» yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Foto: Reuters

Ispaniya terma jamoasi ustozi Xulen Lopetegi «Real»ni boshqaradi.

51 yoshli mutaxassis 2018 yilgi jahon chempionatidan keyin Madrid jamoasini boshqaradi. U bilan 3 yillik shartnoma tuzilgan.«Lopetegi 2018 yilgi jahon chempionatidan keyin «Real»ni boshqaradi. U jamoaga keyingi 3 yil davomida bosh murabbiylik qiladi», - deyilgan xabarda.

Lopetegi Ispaniya terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvida terma jamoa 19 uchrashuv o‘tkazgan va biron marta ham mag‘lub bo‘lmagan (13 g‘alaba va 6 durang).

U turli yillarda «Portu» va «Real Madrid Kastilya» jamoalari (2008/09 yilgi mavsum) boshqargan.

Lopetegi «Real»da 1988-1991 yillarda darvozabon bo‘lgan, ammo u madridliklar jamoasi sharafini Ispaniya chempionatida faqat bir o‘yinda himoya qilgan. 1994-1997 yillarda u «Barselona» safida bo‘lgan, ammo u kataloniyaliklar klubida ham asosiy darvozabon bo‘lmagan.

«Real»ni o‘tgan oy oxirida Zineddin Zidan tark etgandi, u yakunlangan mavsumda jamoasi bilan qatorasiga uchinchi marta YeChL kubogini qo‘lga kiritdi.

Zidan «Real»ni 2016 yil yanvaridan buyon boshqardi. Uning rahbarligida madridliklar klubi uch marta Chempionlar ligasi, ikki martadan – UYeFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, bir martadan Ispaniya chempionati va Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozongan.

Top