09:00 / 13.06.2018
7496
Reklama

«Ipak Yo‘li» banki MasterCard International’ga a'zo bo‘lish jarayonini boshlab yubordi

Foto: Ipak Yo‘li

«Ipak Yo‘li» AITB MasterCard International’ga prinsipial a'zo bo‘lish jarayonini boshlab yubordi. Ushbu dastur doirasida bank zarur kelishuvni imzolab, hozirda ro‘yxatga olish uchun tegishli hujjatlarni yig‘moqda.

Mastercard International’ga a'zo bo‘lish «Ipak Yo‘li» banki mijozlari va hamkorlari uchun bir necha qulayliklar yaratadi, xususan:

  1. Mijozlar yagona xisob-raqamiga ega bo‘lgan 3 ta karta – Visa, UnionPay va MasterCard’dan foydalanishlari mumkin;
  2. Barcha valyuta bankomatlari Visa va MasterCard kartalariga xizmat ko‘rsatishadi;
  3. Bank-hamkorlar «Ipak Yo‘li» bankining MasterCard tizimi bo‘yicha protsessing xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

2006 yilda «Ipak Yo‘li» banki assotsialashgan a'zo sifatida Visa International tizimi tarkibiga kirgan edi. 2008 yilda esa Visa International va China UnionPay mashhur to‘lov tizimlarining prinsipial a'zosi bo‘ldi.

Foto: Ipak Yo‘li

MasterCard Worldwide va MasterCard Incorporated – xalqaro to‘lov tizimi bo‘lib, unga dunyoning 210 davlatlaridagi 22 000 dan ortiq moliyaviy tashkilotlar kiradi. MasterCard berilgan kartalar soni va to‘lov qabul shaxobchalari hisobiga ko‘ra dunyodagi ikkinchi o‘rinda turuvchi to‘lov tizimi hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida

Top