19:22 / 13.06.2018
6575

O‘zbekiston chempionati to‘purari Anvar Berdiyev 500-o‘yinini o‘tkazdi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbek futbolida yubiley o‘yinlarini o‘tkazayotgan futbolchilar soni yana bir nafarga ortdi. Yaqindagina Ignatiy Nesterovga 400-o‘yinni o‘tkazgani uchun esdalik sovg‘asi topshirilgan edi.

Superligasi 15-turidan o‘rin olgan «Neftchi» - «Paxtakor» (1:1) o‘yinida, mezbonlar tarkibida maydonga tushgan tajribali o‘yinchi Anvar Berdiyev o‘z faoliyatidagi 500-rasmiy o‘yinni o‘tkazdi, deb xabar beradi PFL sayti. 

Allaqachon 40 yoshni qarshilagan mahoratli futbolchi faoliyati davomida «Mash'al», «Nasaf», «Neftchi», «Bunyodkor» hamda «Andijon» klublarida o‘ynagan.

Anvar Berdiyev 1 marta O‘zbekiston chempionati oltin medaliga, 5 marta kumush medallariga ega chiqqan. Qolaversa, «Paxtakor» darvozasini ishg‘ol etgan hujumchi o‘z gollari sonini 225taga yetkazib oldi. U hamon O‘zbekiston milliy chempionatlari tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Top