16:33 / 14.06.2018
43203

Dunyodagi eng ko‘p haq oluvchi futbolchi ma'lum qilindi

Foto: Pinterest

«Barselona» va Argentina terma jamoasining hujumchisi Lionel Messi Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, eng ko‘p haq to‘lanuvchi futbolchilar reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli argentinalik 2017 yilda hammasi bo‘lib 111 mln dollar ishlab topdi. Ulardan 84 mln dollari «Barselona»da ishlab topilgan bo‘lsa, qolgani - reklama shartnomalari tufayli.

Messi eng ko‘p haq oluvchi futbolchilar ro‘yxatida birinchi marta Madridning «Real» klubi portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi, u o‘tgan yilda 108 mln dollar ishlab topdi.

Yetakchilar uchligiga «PSJ»ning braziliyalik forvardi Neymar yakun yasab berdi, u 90 mln dollarga ega. Eng ko‘p haq oluvchi o‘n nafar futbolchi ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishga ega:

1. Messi («Barselona») — $111 mln,
2. Ronaldu («Real») — $108 mln,
3. Neymar («PSJ») — $90 mln,
4. Pogba («Manchester Yunayted») — $29,5 mln,
5. Suares («Barselona) — $26,9 mln,
6. Aguero («Manchester Siti») — $23,5 mln,
7. Di Mariya («PSJ») — $22,6 mln,
8. Mbappe («PSJ») — $22,5 mln,
9. Silva («PSJ») — $22,4 mln,
10. Rodriges («Bavariya») — $22,1 mln.

Mavzuga oid
Top