13:13 / 14.06.2018
24605
Reklama

«High Land City» turar joy kompleksi – qulaylik va sifat uyg‘unligi

Xalqaro ishbilarmonlik markazi(XIM) “Tashkent City” O‘zbekistondagi so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik shaharsozlik loyihasidir.

Foto: Tashkent City

Loyiha tarkibidan zamonaviy biznes markazlari, mehmonxonalar, gipermarketlarni, ko‘ngilochar maskanlarni, piyodalar yo‘laklarini qurish, shuningdek, ko‘p qavatli, barcha qulayliklarga ega, shu vaqtgacha Toshkentda qurilmagan turar joylarni barpo etish kabilar o‘rin olgan. Ushbu obektlar yagona arxitekturaviy dizayn ostida birlashtirilgan bo‘lib, funksional jihatdan o‘zaro bog‘liq holda bir-birini to‘ldirib turadi hamda o‘zbek milliy me'morchilik uslublari bilan uyg‘unlashtirib boriladi.

Foto: Tashkent City

Loyihaning birlamchi vazifasi jahon arxitekturasining eng yangi g‘oyalarini ishga solib, shuningdek, ekologik talablarga javob beradigan va energotejamkor intellektual texnologiyalardan foydalangan holda Toshkent shahri markazida me'moriy majmuani yaratishdan iborat. Loyihaning asosiy maqsadi investorlar uchun O‘zbekistonning “Tashkent Sity” XIM hududidagi bosqichma-bosqich rivojlanayotgan biznes markazining yanada taraqqiy etishini ta'minlovchi jozibali va qulay muhitni yaratishdan iborat.

Foto: Tashkent City

Bugun biz pardani biroz ochib, LOT №1 Investor – “High Land City” MChJ xorijiy korxonasi haqida gapirib bermoqchimiz. Ushbu hududda yangi, zamonaviy turar joylarni qurish rejalashtirilgan. “Tashkent Sity” XIM tarkibidagi park va savdo markazlari yonida, O‘zbekiston Milliy drama teatri ro‘parasida joylashadi .

Foto: Tashkent City
Foto: Tashkent City

Bu yerda komfort (ya'ni qulaylik)ni his qilish vizual xursandchilikdan boshlanadi: binolar fasadi OZGUVEN Turkiyaning mashhur arxitektorlik byurosi tomonidan loyihalashtirilgan. Turar joy tarkibidan bolalarni har tomonlama rivojlantiradigan o‘yin maydonchasi ham o‘rin oladi. Avtomobillar uchun yerosti avtoturargohi quriladi.

Foto: Tashkent City

Komfortning keyingi bosqichi – yashash joylari.

Ushbu lot tarkibida jam 1200ta xonadon bo‘lgan 12ta ko‘p qavatli uy mavjud. Binolar sirtini qoplash materiali sifatida birinchi navbatda ohaktosh ishlatiladi. Undan binolarning burchaklari, asosiy kirish hamda tomga yondashgan qismlarini pardozlashda foydalaniladi.

Foto: Tashkent City

Kvartira va pentxauslar o‘z sinfiga mansub qulaylik tizimlari bilan to‘liq ta'minlangan. Bu yerda markaziy ventilyatsiya va konditsionerlash, o‘z qozonxonasi hamda suvni filtrlash orqali toza ichimlik suviga aylantirish tizimlari mavjud

Dinamik taassurot uyg‘otish maqsadida binoning ayrim qismlarida vertikal alyuminiy panellar va alyuminiy osma devorlar ishlatilgan. Bilamizki, aholi yashaydigan ko‘p qavatli turar joylarning balkonlari bo‘ladi. Bunday balkonlarga oynadan ishlangan konstruksiyalar o‘rnatilgan. Binoning birinchi va ikkinchi qavatidan savdo maydonchalari sifatida foydalaniladi

1-Lotdan o‘rin olgan ushbu turar joy kompleksida Sizning qulay sharoitlarda yashashingiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Foto: Tashkent City
Foto: Tashkent City

Bugungi kunda Turkiyaning “Ozguven” kompaniyasi bilan hamkorlikda doim qurilish maydonida bo‘ladigan ishchi guruhi tashkil etilgan. Ma'muriy binoning tuproq ishlari nihoyasiga yetish arafasida bo‘lib, fundament quyish ishlari boshlab yuborildi, kotlovan qazish ishlari olib borilmoqda. Qurilishga yuqori malakali arxitektorlar, quruvchilar hamda boshqa mutaxassislar, shuningdek 45 dan ziyod qurilish texnikasi jalb etilgan.

Foto: Tashkent City

Reklama huquqi asosida 

Mavzuga oid
Top