11:24 / 14.06.2018
38009

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14 iyun kuni Moskvaga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev JCh-2018 ochilish marosimida ishtirok etishi xabar qilingandi

Top