17:06 / 14.06.2018
183172

Shavkat Mirziyoyev o‘g‘li va nabirasi bilan “Zabivaka” yonida suratga tushdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Vnukovo-2” xalqaro aeroportida davlat rahbari futbol bayramiga xos ko‘tarinki muhitda kutib olindi. 

Taomilga ko‘ra, prezidentni futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining ramzi – bo‘ri “Zabivaka” qarshi oldi. 

Shavkat Mirziyoyev “Mundial”ning rasmiy to‘piga dastxat qo‘ydi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari o‘g‘li Miralisher va nabirasi Miromon bilan bo‘ri “Zabivaka” yonida suratga tushdi.

 

Prezident o‘g‘li Miralisher va
nabirasi Miromon (chapda) bilan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketgani xabar qilingandi

Top