14:16 / 14.07.2018
18104

Eron prezidenti AQShning yakkalanib qolayotgani haqida fikr bildirdi

Foto: REUTERS

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy shanba kuni mahalliy telekanal orqali jonli efirda AQShning «avvalgidan ham ko‘p yakkalanib qolgan»i haqida aytib, Amerikaning ittifoqchilari orasiga ham nifoq tushganini bildirdi. Bu haqda Reyters xabar bermoqda

«Biz shunday sharoitdamizki, AQSh kiritayotgan sanksiyalar tufayli har qachongi davrdan ham badtar, o‘zi yakkalanib qolmoqda. Amerikaning noqonuniy qilmishlari... uni ittifoqdoshlaridan uzoqlashtirmoqda, ko‘rib turganimizdek», deydi u Donald Trampning Buyuk Britaniya tashrifi arafasida uyushtirilgan namoyishlarga urg‘u berib. 

Eslatib o‘tamiz, Tehron bilan iqtisodiy hamkorlikni davom ettirish Eron yadro kelishuvini saqlab qolish imkonini beradi. «Beshlik» va Eron vazirlar qo‘shma komissiyasining Venada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi ishtirokchilari shunday xulosaga kelishgandi.​

Mavzuga oid
Top