22:30 / 17.07.2018
13108

Afg‘onistonda yirik terakt. 20 kishi halok bo‘ldi, qurbonlar orasida «Tolibon» qo‘mondoni ham bor

17 iyulda Afg‘oniston shimolida IShID xudkushining hujumi oqibatida 20 kishi, jumladan “Tolibon” qo‘mondoni halok bo‘ldi. Bu haqda Sari-Pul viloyati politsiyasi boshlig‘i Abdulqayum Bakizoy ma'lum qildi.

Uning aytishicha, hujum mahalliy oqsoqollar “Tolibon”ning shu hududdagi amaldorlari bilan uchrashganda sodir etilgan.

Viloyat kengashi boshlig‘i Muxammad Nur Rahmonning ma'lum qilishicha, portlash masjidda dafn marosimi o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, voqea yuz bergan hudud chekkaroqda bo‘lgani sababli turli manbalardan olinayotgan ma'lumotlar bo‘yicha bir to‘xtamga kelishning imkoni yo‘q.  

Oxirgi kunlarda Afg‘oniston shimolida IShID va “Tolibon” o‘rtasida qaqshatqich janglar ketmoqda. 

Top