20:11 / 20.07.2018
10520

11 mln so‘m va 22 ming dollarni o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

Illyustrativ foto

4 iyul kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani “Bobur” MFYda yashovchi F.R. IIBga murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

U shu yil 5 may kuni “Pamuza” MFYda yashovchi M.A. unga Turkmaniston Respublikasidan arzon narxda avtomobil ehtiyot qismlarini olib kelib berishini aytib, aldash yo‘li bilan 11 mln. so‘m va 22 ming AQSh dollarini olgani va va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida M.A. qo‘lga olingan.

Top