16:41 / 21.07.2018
9963

Ukraina: Rossiyaga qarshi «sanksiyalar to‘lqini» avj olmoqda

Foto: zn.ua

Ukraina infratuzilma vaziri Vladimir Omelyanning «112 Ukraina» telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, mamlakat g‘arbdagi hamkorlar bilan Qora dengizdagi Rossiya portlariga qarshi sanksiyalar bo‘yicha muzokaralar olib boryapti.

«Biz yevropalik, amerikalik hamkorlarimiz bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu Qora dengizdagi Rossiya portlariga nisbatan tegishli sanksiyalar qo‘llanilishi tufayli kuzatilmoqda. Ruslar Azov dengizi va Azov dengizidagi Ukraina portlarini blokada qilyapti», - deya aytib o‘tdi Omelyan.

Shuningdek, ukrainalik vazirning qayd etishicha, Rossiyaga qarshi «sanksiyalar to‘lqini» avj olmoqda. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh kongressi Rossiya tomoniga qarshi sanksiya ro‘yxatini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqyapti.

Top