08:39 / 23.07.2018
7455

DSQ Soliq kodeksining yangi tahriri bo‘yicha takliflar to‘plamoqda

Foto: UzReport

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi maxsus sahifani ishga tushirdi, unda siz Soliq kodeksining yangi tahriri bo‘yicha o‘z takliflaringizni qoldirishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga binoan Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar boshlandi.

Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi. Elektron soliq xizmatlari portalida sahifa ochildi, u yerda kodeksning yangi tahriri bo‘yicha takliflarni qoldirish mumkin.

Davlat soliq qo‘mitasi ta'kidlashicha, ishchi guruh barcha takliflarni hisobga oladi. Shu bilan birga, taklif mualliflari ishchi guruh tarkibiga taklif qilinishi mumkin.

Top