02:28 / 02.08.2018
23525

Samarqand viloyati hokimining uch o‘rinbosari o‘zgardi

Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning 2018 yil 1 avgustdagi qarorlariga muvofiq viloyat hokimining ayrim o‘rinbosarlari safida o‘zgarish sodir bo‘ldi, deb yozadi zarnews.uz.

Shu paytgacha viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Kamoliddin Qurbonov o‘rniga Abdumajid Alibekovich Nurqulov hokim o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Viloyat hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib Akmal G‘ayratovich Shukurov tayinlandi.

1 avgustga qadar Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Munis Voseyev o‘rnida endilikda Botirjon O‘tkirovich Nurullayev faoliyat ko‘rsatadi.

Mavzuga oid
Top