13:33 / 22.08.2018
37107

Manbalar: Toshkentda 23:00dan so‘ng oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalar yopilmasligi kerak

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq, Toshkentda soat 23:00dan keyin ba'zi joylarda oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalar ishlamay qolgani xabar qilingandi.

Tungi klubda sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, tadbirkorlar 21:00dan keyin alkogol mahsulotlarini sotishga, 23:00dan keyin esa umumiy ovqatlanish yerlarida sotishga taqiq haqida ogohlantirish olishni boshladilar.

Tegishli ko‘rsatma 11 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan videoselektor yig‘ilish chog‘ida berilgan.

O‘zbekiston Milliy gvardiyasidagi Kun.uz manbalarining ta'kidlashicha, bu jamoat xavfsizligini ta'minlash uchun amalga oshirilgan. Hukumat 21:00dan keyin alkogol mahsulotlarini sotish va 23:00dan keyin umumiy ovqatlanish joylarida sotishni haqiqatdan ham taqiqlagan.

Shu bilan birga, boshqa do‘konlar va dorixonalar faoliyati taqiqlanmagan, deya ta'kidlaydi manbalar.

«Katta ehtimol bilan, ayrim profilaktika inspektorlari ko‘rsatma mohiyatini tushunishmagan. Oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalar faoliyati taqiqlangani yo‘q», - deya qayd etdi ular. 

Mavzuga oid
Top