16:00 / 01.09.2018
9170

Bosh prokuror Otabek Murodov FQB direktori o‘rinbosarini qabul qildi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

AQSh Federal qidiruv byurosi direktori o‘rinbosari Devid Boudich boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifi doirasida joriy yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori O.Murodov tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi P.Spratlen ham ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikning izchil rivojlanib borayotganini ta'kidladilar. Hamkorlikning ilk bosqichi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va AQSh FQB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanganligi (2017 yil 4 dekabr) qayd etildi. AQSh FQB delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi huquqiy sohadagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun navbatdagi bosqich bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlandi.

Tomonlar terrorizm, ekstremizm, separatizm, giyohvand vositalar aylanmasi, odam savdosi va boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, jinoyat ishlarini tergov qilishda huquqiy yordam ko‘rsatish tartibini soddalashtirish, prokuratura organlari xodimlarini o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Mavzuga oid
Top