12:33 / 08.09.2018
12066

Jahongir Ortiqxo‘jayev BAYAT GROUP vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev Amerikaning BAYAT GROUP kompaniyasi vitse-prezidenti Montgomeri Simus bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tomonlar Toshkentda biznesni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv chog‘ida hokimlik xorijiy kompaniyaga Tashkent City loyihasi va poytaxtning boshqa yirik loyihalarida ishtirok etish taklifi bilan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq saudiyaliklar Toshkentda mehmonxona qurishlari mumkin ekani xabar berilgandi.

Top