14:05 / 12.09.2018
15463
Reklama

Modul eko-kabinalar - biznesni kengaytirish uchun qulay bo‘lgan vositalardir

«VortexLine» MChJ kompaniyasi turkiyalik ishlab chiqaruvchidan EcoSystems modul tizimlarni, yuqori sifatga ega konstruksiyalarni taklif qiladi.1

Foto: VortexLine

Mobil yig‘ma eko-kabina savdo shoxobchalarini, mobil hojatxonalarni, qo‘riqlash kabinalari, kassalarni deyarli istalgan joyda, tezda ishga tushirish imkonini beradi. U turizm va boshqa sohalardagi biznes uchun juda qulay bo‘lgan uskunadir.

Foto: VortexLine

Eko-kabinalar buyurtmachiga ma'qul o‘lchamlarda, jihozlanishi va ekspluatatsiya qilish rejalashtirilayotgan sohasiga bog‘liq ravishda yig‘ib beriladi. 

Eko-kabina - bu yig‘ma konstruksiya bo‘lib, uni tashish, montaj va demontaj qilish, shuningdek tozalash juda ham qulaydir. Kabinaning o‘lchami mijoz talablariga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Uning ichiga elektr va telefon rozetkalarini, yoritish moslamalarini, santexnika vositalarini o‘rnatish mumkin.  

Foto: VortexLine

Eko-kabina modul tizimlari shisha tolalari bilan mustahkamlangan bir necha qavatli alohida plastikdan tayyorlangan. Qavatlar oralig‘idagi bo‘shliq qattiq penopoliuretan bilan to‘ldirilgan. Kabinalar zang va korroziyaga chidamli. Barcha materiallar sertifikatga ega va atrof-muhit uchun xavfsizdir. 

Eko-kabinalar shovqin va issiqlikni o‘tkazmaslik xususiyatiga ega. Shuning uchun xodimlar uning ichida har qanday ob-havo sharoitida ishlashi mumkin. Germetikli tutash joylari eko-kabinalarni namdan himoya qiladi, barqaror konstruksiya esa kuchli shamolga bardosh bera oladi. Modul eko-kabinani ekspluatatsiya qilish oson, uni yuvib, tozalab chiqish ko‘p vaqt olmaydi va maxsus asbob-uskunalarni talab qilmaydi.

Foto: VortexLine

Eko-kabinalar shaharning odam gavjum bo‘lgan ko‘chalarida savdo shoxobchalarining muqim nuqtasini, kioska yoki oziq-ovqat do‘konini, kassa nuqtalarini, jamoat hojatxonalarini tashkil etish, qo‘riqlash punktini ochish va boshqa ko‘plab vazifalar uchun mos keladi. Shuningdek, ulardan o‘z hovlingizda kichik omborxona yoki bolalar o‘yinlari uchun mo‘ljallangan yopiq uycha sifatida foydalanishingiz mumkin. 

Foto: VortexLine

Modul konstruksiyalari allaqachon Toshkent shahri bog‘larida, savdo nuqtalarida, shuningdek shaharning piyodalar yo‘llarida o‘rnatilgan:

«Ashxobod» bog‘idagi kassalar va unchalik katta bo‘lmagan do‘konlar;

Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ va Ecobozor bozoridagi kassalar va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari;

Baynalmilal ko‘chasidagi jamoat hojatxonalari;

Toshkentdagi savdo markazlari va markaziy ko‘chalaridagi ichki ishlar idoralari bo‘linmalarining qo‘riqlash punktlari.

Foto: VortexLine
Foto: VortexLine
Foto: VortexLine
Foto: VortexLine
Foto: VortexLine

Ushbu sohada ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan «VortexLine» MChJ kompaniyasi turkiyalik ishlab chiqaruvchidan modul tizimlarni taqdim etadi. EcoSystems modullarini, yuqori sifatga ega konstruksiyalarini allaqachon Toshkentda va mamlakatimizning boshqa shaharlarida sotib olish imkoniyati mavjud. 

Qo‘shimcha axborotni quyidagi telefonlar bo‘yicha olish mumkin:

+99871 203 0000

+99897 768 7097

Reklama huquqi asosida

Top