07:50 / 14.09.2018
20258

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarga tashxis qo‘yildi

Foto: Aleksandr SHCHerbak/TASS

Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan past darajada turibdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Rossiya ularni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha choralar ko‘rishda davom etmoqda.

«Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan past darajada turibdi. Biz bu nafaqat ikki mamlakatning milliy manfaatlariga, balki butun dunyoga zid bo‘lgan anomaliya, deb hisoblaymiz», - dedi Antonov.

Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan kichik loyihalarni tinch va muntazam ravishda ilgari surmoqda. Shundan so‘ng, uning so‘zlariga ko‘ra, nisbatan kattaroq vazifalarni ham amalga oshirishni boshlash mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Rossiya elchisining ko‘rsatishicha, hozirgi paytda AQShda Rossiyaga bo‘lgan munosabat siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqmoqda.

«Xuddi stol tennisida bo‘lgani kabi - tomonlar bir-birlariga rusofob ayblovlar bilan hujum qilishmoqda. Bu Rossiya va AQSh manfaatlariga foyda keltirmaydi», - deya xulosa qildi Antonov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Vostok-2018» mashqlariga borgan Putin Rossiyada tajovuzkor rejalar yo‘qligini aytgandi

Mavzuga oid
Top