19:53 / 20.09.2018
36927

Dunyoning eng xavfsiz shaharlari ma'lum qilindi 

Mutaxassislar dunyoning eng xavfsiz shaharlari reytingini tuzishdi. Bu borada yetakchi o‘rin BAA poytaxti Abu-Dabiga berildi. Ushbu shahar ikkinchi yil eng xavfsiz shahar deb topilmoqda. Bu haqda thenational.ae ma'lum qildi. 

Reytingga 338 ta shahar kiritilgan. Abu-Dabi 2017 yilga nisbatan o‘z ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilay olgan.

Reytingning yetakchi o‘ntaligiga, shuningdek, Doha (Qatar), Bazel (Shveytsariya), Singapur, Kvebek (Kanada), Osaka, Tokio (ikkisi ham Yaponiya), Bern (Shveytsariya), Myunxen (Germaniya)  va Tsyurix (Shveytsariya) kiritilgan.

Top