07:35 / 23.09.2018
35869

Qirg‘izistonda vazir o‘rinbosari samolyotdagi janjal sababli lavozimdan bo‘shatildi 

Foto: kenesh.kg

Qirg‘iziston mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Zuurakan Kadenova u samolyot ekipaji bilan janjallashishi oqibatida xalqaro reysdan olingani haqida tarqalgan xabar ortidan lavozimidan bo‘shatildi. 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Kadenova “Eyr Astana” aviakompaniyasining Seul-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishi kerak bo‘lgan samolyotda janjal chiqargani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi.

Guvohlarning ta'kidlashicha, yuqori lavozimli amaldor bort kuzatuvchilar bilan janjallashib, ularga diplomatik pasportini ko‘rsatgan. Oqibatda ekipaj sardori ayolni reysdan olishga qaror qilgan. 

Ayni vaqtda Kadenova Seuldagi mehmonxonalardan birida qolmoqda. U keyingi reys bilan vataniga qaytarilishi kutilmoqda. Ushbu ayol Seulda Qirg‘izistonning rasmiy delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan.  

Top