17:00 / 25.09.2018
14428
Reklama

LC Waikiki Toshkentda do‘konlar ochishni rejalashtirmoqda

LC Waikiki The Tower Mall Management Group kompaniyasi Toshkentdagi "Eski Shahar", "Samarqand Darvoza", "Kompass" savdo markazlarida bir qancha do‘konlarni ochishni rejalashtirmoqda.

Foto: LC Waikiki

LC Waikiki: Toshkentdagi birinchi rasmiy do‘kon

LC Waikiki – bu butun oila uchun sifatli, zamonaviy va qulay kiyim-kechaklar.

Kompaniyaning shiori - "Barcha yaxshi kiyinishga loyiqdir". LC Waikiki o‘z mijozlariga faqat eng yaxshilarini munosib ko‘radi va bu munosabat shubhasiz mahsulotning sifatiga ta'sir ko‘rsatib kelmoqda. Dizaynerlar faqatgina tabiiy matolar va bo‘yoqlardan, eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda kiyimlar yaratadilar. LC Waikiki do‘konlarida siz nafaqat o‘zingiz uchun, balki oilangizning har bir a'zosi uchun kerakli va ko‘rimli liboslarni tanlab olishingiz mumkin. LC Waikiki do‘konlari zamonaviy va sifatli kiyimni arzon narxlarda xarid qilish imkoniyatini beradi.

Foto: LC Waikiki

LC Waikiki safari 1988 yilda Fransiyada boshlangan, keyinchalik 1997 yilda u turk kompaniyasi tomonidan sotib olinib, brend LC Waikiki Mağazacılık Hizmetleri Ticaret A.Ş. ostida faoliyatini davom ettirdi.

Hozirgi kunda LC Waikiki 40 mamlakatda 885 ta do‘konga ega.

LC Waikikining birinchi xorijiy do‘koni 2009 yilda Ruminiyada ochildi. 2023 yilga qadar  LC Waikiki chakana kiyim-kechak sotish borasida Yevropaning uchta eng muvaffaqiyatli kompaniyalaridan biri bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Foto: LC Waikiki

O‘zbekistondagi birinchi franchayzing LC Waikiki filiali ochilishi haqida bizga Xalqaro LC Waikiki rivojlantirish direktori Ilona Kovalenkoning tashrifi chog‘ida "Eurasia Group" feshn-riteyli tarmog‘i boshqaruv direktori Paskal Puyye va "Eurasia Group" riteyl-direktori Georgiy Turdzeladze ma'lumot berishdi.

Ilona Kovalenko

LC Waikiki xalqaro rivojlantirish bo‘yicha menejyeri:

“O‘zbekiston boy tarix, madaniyat va yangi imkoniyatlarga ega, juda ham yorqin mamlakat. Mamlakat aholisi sevadigan, O‘rta Osiyo qo‘shni davlatlarida mavjud bo‘lgan brend yaqin orada O‘zbekistonda ochilishidan juda xursandmiz. Bizning xaridorlar endi xaridlarni davlatni tark etmasdan turib amalga oshirishlari mumkin”.

Paskal Puyye

"Eurasia Group" feshn-riteyl tarmog‘i boshqaruv direktori:

“Biz uzoq vaqtdan buyon O‘zbekistonda LC Waikiki brendi kiyim-kechak do‘konlarini ochishni rejalashtirganmiz. Bu yil iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli, bizda bu brendni olib kirish imkoniyati paydo bo‘ldi va biz "Eski Shahar" SM dagi birinchi LC Waikiki do‘konining ochilishini intizorlik bilan kutmoqdamiz. Shuningdek, yaqin kelajakda yana ikkita filial ochilishi kutilmoqda - "Samarqand Darvoza" KSM va "Kompass" KSM da”.

Georgiy Turdzeladze

"Eurasia Group" riteyl-direktori”

“LC Waikiki o‘zida operatsion samaradorlik va ishbilarmonlik rivojiga aniq e'tibor berish orqali qanday ulkan natijalarga erishish mumkinligini butun dunyoga isbotladi.

O‘zbekiston, uzoq vaqt yopiq mamlakat bo‘lib turib, o‘z navbatida, hamkorlikning turli yo‘llarini (to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya yoki franchayzing/ulgurji savdo) qarab chiqayotgan xalqaro o‘yinchilarida qiziqish uyg‘otmoqda. Shuningdek, biz zamonaviy riteylning poydevori, savdo markazlarining rivojlanishi ekanligini tushunishimiz kerak”.

Foto: LC Waikiki

Yangi KSM larining qurilishi va rivojlanishi, O‘zbekistondagi riteyl-tuzilmasining shakllanishiga kuchli ta'sir etadi.Shuningdek, ko‘p narsa kutilayotgan islohotlarga, mamlakatda turizmni rivojlantirish zarurligiga bog‘liq. Ushbu holatda, riteyl-tizim  Gruziya bozor modelini eslatadi,  sayyohlar orqali qo‘shimcha hajmlarni olish mumkin bo‘ladi. Bunday modelning mavjudligi uchun yaxshi tashkil etilgan bojxona tizimi ham zarur bo‘ladi.

Foto: LC Waikiki

Butun oila uchun turk kiyim-kechak LC Waikiki brendi, The Tower Mall boshchiligida, "Eski Shahar", "Samarqand Darvoza", "Kompass" – Toshkent savdo markazlarida bir qator do‘konlar ochishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston bozoriga birinchi marotaba rasman, franshiza asosida, LC Waikiki brendini"Eurasia Group"assortimentni boshqarish va rivojlantirishni ta'minlovchi kompaniyasi olib kirmoqda.

Foto: LC Waikiki

LC Waikiki birinchi franshiza filiali do‘konining ochilishi "Eski Shahar" SM da rejalashtirilmoqda. Ikki qavatli do‘konning maydoni 1390 kv.m ni tashkil etadi.

"Eurasia Group"LC Waikiki franshiza va boshqa brend do‘konlarini butun shahar va respublika bo‘ylab ochishni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top